Maxfiylik siyosati

Oxirgi yangilanish: 2026-yil 10-avgust

Safarga — umra takliflarini bir joyda koʻrsatadigan sayt. Quyida qanday maʼlumot yigʻilishi, nima uchun va qancha saqlanishi yozilgan. Ortiqcha bandlar yoʻq: bu yerda faqat haqiqatan yigʻiladigan narsalar bor.

1Telegram bot nima yigʻadi

Botni (@Umrauz_bot) kanalingizga yoki guruhingizga qoʻshsangiz, u oʻsha yerdagi matnli xabarlarni oʻqiydi va saqlaydi:

  • xabar matni va uning raqami
  • kanal yoki guruh nomi va raqami
  • xabarni yozgan foydalanuvchining Telegram id va username‘i

Buni e‘lonni saytga chiqarish uchun qilamiz: matndan narx, sana va yoʻnalish ajratiladi. Bot shaxsiy yozishmalarni oʻqimaydi — faqat oʻzi qoʻshilgan kanal va guruhlarni koʻradi.

Botni kanaldan chiqarib yuborsangiz, yangi xabarlar yigʻilmaydi.

2Saytga kirganingizda

Kirish Telegram orqali. Biz Telegramdan id, username va ismingizni olamiz. Parol saqlanmaydi — u bizga umuman kelmaydi.

Brauzeringizda bitta cookie qoladi: u imzolangan va faqat kim ekaningizni bildiradi. Reklama cookie‘lari yoʻq.

3Agentlik arizasi

Formada agentlik nomi va telefon majburiy, STIR va ismingiz ixtiyoriy. Bu maʼlumot faqat agentlikni tekshirish va siz bilan bogʻlanish uchun ishlatiladi.

4Statistika

Saytda Yandex Metrika ishlaydi — qaysi sahifalar ochilgani va qaysi tugmalar bosilgani sanaladi. Ariza formasining ichi yozuvdan chiqarilgan: telefon, STIR va ism yozuvga tushmaydi.

Kabinet, kirish va admin sahifalarida hisoblagich umuman ishlamaydi.

5Kimga beramiz

Hech kimga sotmaymiz va reklama uchun bermaymiz. Maʼlumot bizning serverimizda (Supabase) va statistika xizmatida turadi, boshqa joyda emas.

E‘londa siz oʻzingiz yozgan kontakt (telefon, Telegram) saytda ochiq koʻrinadi — chunki e‘lonning maqsadi shu. Uni koʻrsatmaslikni xohlasangiz, e‘longa yozmang.

6Oʻchirish

Maʼlumotingizni oʻchirishni soʻrashingiz mumkin. Botga yozing yoki arizada qoldirgan telefon orqali bogʻlaning — e‘loningiz va hisobingiz oʻchiriladi.

7Oʻzgarishlar

Siyosat oʻzgarsa, yuqoridagi sana yangilanadi. Ortga qaytib tekshirib turishingiz mumkin.

Savol boʻlsa — @Umrauz_bot ga yozing.