·
🇺🇿--:--🇸🇦--:--
Hamma paketlar

10 kunlik Umra paketlari

10 kunlik Umra — doskadagi eng ko‘p uchraydigan muddat: 15 ta faol paket, narxi $1,250 dan $2,650 gacha. Ishdan uzoq vaqt ajrala olmaydigan odam uchun eng ko‘p tanlanadigan variant shu.

Kun va kecha farqiga e’tibor bering. E’londa «10 kunlik» deb yozilgan paket amalda 9 kecha bo‘ladi: birinchi kun uchish, oxirgi kun qaytish bilan o‘tadi. Doskada shuning uchun kecha soni ko‘rsatiladi — otelda nechta tun qolishingiz aynan shu raqam. Operatorlar kunni sanaydi, biz kechani.

Taqsimot bu muddatda deyarli o‘zgarmaydi: Makkada 5 kecha, Madinada 4 kecha. Ya’ni asosiy vaqt Makkada o‘tadi va Madinaga qisqa tashrif bo‘ladi. Madinada uzoqroq turishni istasangiz, uzunroq paketlarga qarang — u yerda taqsimot boshqacha.

Faol paketlari15

Tez-tez so‘raladigan savollar

10 kun Umra uchun yetadimi?

Umra amallarining o‘zi — ehrom, tavof, sa’y, soch olish — bir kunda bajariladi. Qolgan kunlar namoz, tavof va ziyorat uchun. 5 kecha Makkada bo‘lish takroriy umra qilish va Haramda namozlarni to‘liq o‘qishga yetadi.

Nima uchun Madinada atigi 4 kecha?

Qisqa paketlarda reys jadvali shunday tuzilgan: guruh Jiddaga tushadi, Makkada asosiy vaqtni o‘tkazadi va qaytishdan oldin Madinaga o‘tadi. Madinada uzoqroq qolish kerak bo‘lsa, 13 yoki 15 kunlik paketlarni ko‘ring.

10 kunlik paket qancha turadi?

Hozir $1,250 dan $2,650 gacha. Farq asosan otelning Haramgacha masofasidan: eng arzon variantlarda otel uzoqroq va avtobus bilan qatnaladi, qimmatlarida Masjidul Haram piyoda masofada.

Boshqa yo‘nalish va muddatlar

Nima yetishmadi? Bir baho qo‘ying — shu bilan saytni tuzatamiz.